“Paxtakor” stadioni Superliga oʻyinlarini oʻtkazishga yaroqsiz deb topildi
Paxtakor stadioniga taʼmirtalab boʻlgani bois Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmaydi.
2024-yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik davrida qabul qilingan rejalar asosida “Paxtakor” stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qilishni toʻxtatdi. Stadion U21 chempionati va Proliga uchrashuvlarini oʻtkazishi mumkin.
Liga Superliga stadionlariga boʻlgan talabni bosqichma-bosqich oshirib boradi. 2023-yilning aprel oyida “Paxtakor” stadioni tribunalaridagi holat sabab ishchi guruh tuzilgan va uning xulosasi asosida stadion tribunalarining taxminan 70 foizi xavfsizlik nuqtayi nazaridan bilan muxlislar uchun yopib qoʻyilgandi. Buning oqibatida “Paxtakor” Chempionlar Ligasining soʻnggi mavsumini Bunyodkor stadionida oʻtkazishga majbur boʻldi.
Oʻtgan vaqt davomida stadionni kapital taʼmirdan chiqarish masalasida ijobiy oʻzgarish boʻlgani yoʻq. Shundan kelib chiqib, “Paxtakor” Elit Chempionlar Ligasi musobaqasi uchun yana bir bor “Bunyodkor” stadionini OFK platformasiga joylashga majbur boʻldi. Liga esa reja asosida “Paxtakor” arenasini Superliga uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionlar roʻyxatidan chiqardi.
“Paxtakor” mavsumning ikkinchi yarmini “Jar” stadionida oʻtkazadi. Klub uch tomonlama tuzilgan bitimni Ligaga taqdim etdi.
Avvalroq “Surxon” klubi Liga talabi bilan “Paxtakor” stadionida oʻynay olmasligi aniq boʻlgach, Samarqanddagi “Dinamo” bilan kelishuvga erishgan, “Lokomotiv” esa poytaxtdagi boshqa stadion — “Bunyodkor”ga koʻchib oʻtishi maʼlum qilingandi.
Proliga vakillari boʻlgan “Buxoro” va “Olimpik Mobiuz” OʻFAga qarashli “Doʻstlik” stadionida raqiblarini qabul qiladi. “Doʻstlik” Toshkent klubi esa “Paxtakor” stadionidan foydalanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring