Paxta hosildorligi 50 sentnerga yetkaziladi
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–106-son, 28.01.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.
Markaz paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urugʻliklarini ichki va tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi asosida sotishni tashkil etadi.
“Oʻzpaxtasanoat” AJning 11 ta urugʻlik chigit tayyorlash sexlari Markazga berildi.
Urugʻlik tayyorlash sexlarini Markazga oʻtkazish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh tasdiqlandi.
Urugʻlik chigit va urugʻlik don tayyorlash sexlarini 2022-2023-yillarda toʻliq modernizatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi (uning ijrosiga 26,5 mln AQSH dollari yoʻnaltiriladi).
2022–2025-yillarda paxta hosildorligi 50 sentnerga, boshoqli don 90 sentnerga yetkaziladi.
200 ming gektar sugʻoriladigan yer qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Agroklasterlar va fermer xoʻjaliklariga gʻoʻza va boshoqli don ekinlarining eng hosildor navlarini import qilishga, ularni mustaqil joylashtirishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring