“Oʻzgidromet” ob-havoning keskin oʻzgarishidan ogohlantirdi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet” agentligi.
Bildirilishicha, joriy yilning 3-noyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6-noyabr kunlari esa respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi.
3-5-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanadi.
4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, baʼzi joylarda sovuq boʻlishi mumkin. Kunduz kunlari harorat 8-13 daraja iliqqacha boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring