“Oʻzgarishlar zanjiri: oʻtmish yukidan hozirgi ehtiyojlarga va umumiy kelajak sari” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi
Bugun Toshkent shahrida mehnat huquqlarini himoya qilish, masʼuliyatli ishlab chiqarish va toʻqimachilik sanoatida barqaror standartlarni joriy etishga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi.
Senat Raisi oʻz nutqida soʻnggi yillarda mamlakatda barcha sohalarda chuqur va tizimli islohotlar amalga oshirilgani, ayniqsa mehnat munosabatlari va majburiy mehnatni bartaraf etish yoʻnalishidagi oʻzgarishlar tarixiy ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Anjumanda 2024–2025-yillarda “Better Cotton Initiative” tomonidan amalga oshirilgan asosiy islohotlar — sertifikatlash tizimiga toʻliq oʻtish, regenerativ qishloq xoʻjaligi standartlarining yangi bosqichga koʻtarilishi, BCI ning yangilangan leyblining joriy etilishi hamda Oʻzbekiston boʻyicha mustaqil monitoring natijalari taqdim etildi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, oʻzbek paxtasiga nisbatan “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan qoʻllanilgan boykotning bekor qilinishi — Oʻzbekistonda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlarning xalqaro miqyosdagi eng yirik eʼtiroflaridan biridir.
Shuningdek, Oʻzbekiston va xalqaro hamkorlar oʻrtasidagi munosabatlar “monitoring va nazorat” bosqichidan “toʻliq ishonchga asoslangan sheriklik” bosqichiga oʻtganini alohida qayd etildi.
Mamlakatda har yili Davlat mehnat inspeksiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, mustaqil ekspertlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari ishtirokida keng koʻlamli monitoring oʻtkazilishi davom ettirilayotgani maʼlum qilindi.
Senat Raisi Oʻzbekistonning BCI, xalqaro tashkilotlar, yirik global brendlar va sertifikatlashtirish institutlari bilan hamkorligi izchil kengayayotganini taʼkidladi. Shuningdek, mamlakat barqaror ishlab chiqarish, ESG tamoyillarini qoʻllash, due diligence amaliyotlarini joriy etish va taʼminot zanjirlarining toʻliq shaffofligini taʼminlash borasida ochiq muloqot va qoʻshma tashabbuslarga tayyor ekani qayd etildi.
Shu bilan birga, sohada keng koʻlamli modernizatsiya amalga oshirilgani va klasterlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidlandi.
Xususan, toʻqimachilik korxonalari modernizatsiya qilindi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va uning huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi, klasterlarga moliyaviy imtiyozlar hamda imtiyozli kreditlar berildi, shuningdek soliq-bojxona yengilliklari, raqamli sertifikatlash va xalqaro standartlarga mos sifat nazorati tizimlari joriy etildi.
Taʼkidlanganidek, ushbu oʻzgarishlar klasterlarning “daladan — tayyor mahsulotgacha” toʻliq zanjir asosida samarali ishlashini taʼminlab, Oʻzbekistonning jahon bozoriga integratsiyasini sezilarli darajada kuchaytirmoqda.
BCI sertifikati Oʻzbekiston milliy toʻqimachilik mahsulotlarining jahon bozoriga keng kirib borishi va global brendlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini yanada oshirayotgani alohida taʼkidlandi.
Oʻzbekiston bugun toʻqimachilik sanoati boʻyicha mintaqadagi eng ochiq, barqaror va uzoq muddatli hamkorlik uchun qulay bozorlaridan biriga aylangan. Xalqaro brendlar, investorlar va ishlab chiqaruvchilar qiziqishi oshgan va ular uchun mamlakatda ishonchli va qulay investitsion muhit shakllangan.
Anjuman yakunida ishtirokchi tomonlar oʻrtasida Oʻzaro anglashuv memorandumi va kelgusidagi faoliyat uchun “yoʻl xaritasi” imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring