“Oʻzbektelekom”ning tashqi internet kanali boʻyicha monopoliyasi bekor qilinadi
Prezident farmoniga koʻra, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024-yil 1-oktyabrga qadar axborot va milliy xavfsizlikning toʻliq taʼminlanishini nazarda tutgan holda telekommunikatsiya operatorlarining sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishi va bosqichma-bosqich boshqa operatorlarga xalqaro Internet kanallarini tashkil etish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda mamlakatdagi deyarli barcha provayderlar “Oʻzbektelekom” kompaniyasining Xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali internet tarmogʻiga ulangan. Prezident farmoni bilan endilikda telekommunikatsiya operatorlariga “Oʻzbektelekom”ni chetlab oʻtib, xalqaro internet tarmogʻiga ulanishga ruxsat berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring