Oʻzbekistonning Misrdagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 8-oktabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Mansurbek Baxtiyarovich Kilichev Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.
M.Kilichev diplomatiya sohasida 2002-yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.
2012-2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi birinchi kotibi.
2013-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Dubay shahridagi (BAA) Bosh konsuli.
2019-2020 Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar boʻyicha axborot tahliliy markazi direktori oʻrinbosari – yigʻma tahliliy boʻlim boshligʻi.
2020-yildan Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori oʻrinbosari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring