Oʻzbekistonning barcha hududlarida 21-dekabr kuni qor yogʻadi

19:21 20 Dekabr 2022 Jamiyat
1112 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 21-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 5-7° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°sovuq, kunduzi 3°sovuq-2° iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 3°sovuq-2° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?