Oʻzbekistonning ayrim hududlariga 6-dekabr kuni tuman tushishi kutilmoqda
“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 6-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi. 8-dekabrda kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlari havo oʻzgarib turadi, 6-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 6-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat 6-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring