Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 9-dekabr kuni qor yogʻadi

05:29 09 Dekabr 2023 Jamiyat
922 0

“Oʻzgidromet” 9-dekabr, shanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2o iliq, kunduzi 3-5o iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin). Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin). Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli, tuman boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha baʼzi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?