Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 7-fevral kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

18:26 06 Fevral 2024 Jamiyat
417 0

“Oʻzgidromet” 7-fevral, chorshanba kun kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 7-9° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 25-27 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 25-27 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Qashqadaryo Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 25-27 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?