Oʻzbekistonliklarga AQSH vizasini olish yengillashtiriladi
Illyustrativ foto
Prezident 3 oy muddatda AQSH fuqarolari uchun Oʻzbekistonga 30 kunga vizasiz kirish rejimini joriy qilish hamda Oʻzbekiston fuqarolariga AQSHga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlashni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Ozarbayjon fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga ichki hujjat yoki ID-karta, shu jumladan, 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarga “kinder pasport” bilan 30 kungacha kirish rejimi joriy qilinadi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida oʻzaro vizasiz rejim ham joriy etiladi. Bu kelishuv ikki davlat fuqarolariga 30 kungacha vizasiz sayohat qilishga imkon yaratadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonliklar “Green card” lotereyasida yutish orqali Qoʻshma Shtatlarda yashash huquqini qoʻlga kiritish boʻyicha dunyoda yetakchi uchlikka kirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring