Oʻzbekistonliklar quritilgan olxoʻri eksportidan 55,3 mln dollar ishlab oldi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar noyabr oylarida 43 ta xorijiy davlatga qiymati 55,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 38,9 ming tonna quritilgan olxoʻri eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda Oʻzbekiston eng koʻp quritilgan olxoʻri yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Xitoy – 21,6 ming tonna;
- Qozogʻiston – 6,2 ming tonna;
- Rossiya – 6 ming tonna;
- Turkiya – 1,2 ming tonna;
- Belarus – 793,1 tonna;
- Gruziya – 711,5 tonna;
- Boshqa davlatlar – 2,4 ming tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, eksport hajmi 2024 yilning mos davriga nisbatan 15 ming tonnaga yoki 62,9 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring