Oʻzbekistonliklar 8 oyda sugʻurta uchun 7,7 trillion soʻm sarfladi

11:52 13 Oktyabr 2025 Jamiyat
161 0

2025-yilning yanvar avgust oylarida 7,7 trillion soʻmlik sugʻurta xizmatlari koʻrsatilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, sugʻurta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sugʻurtalash, yuk va mulkni sugʻurtalash va boshqalar egallagan. Yuqoridagi xizmatlarning ulushi 81 foizni tashkil qilgan.

2025-yilning yanvar avgust oylarida qayta sugʻurtalash xizmatlari 13,9 foizni, hayotni sugʻurtalash boʻyicha xizmatlar ulushi esa 5,1 foizni tashkil etgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 trillion soʻmga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?