Oʻzbekistonliklar 5 oyda quritilgan oʻrik eksportidan 10,6 million AQSH dollari ishlab oldi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida qiymati 10,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 6 832 tonna quritilgan oʻrik eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 foizga oshgan.
Mazkur davr mobaynida Oʻzbekistondan eng koʻp quritilgan oʻrik Qozogʻiston Respublikasiga yetkazib berilgan — 1 ming 792 tonna.
Shuningdek, Xitoyga 1 ming 78 tonna, Turkiyaga 1 ming 23 tonna quritilgan oʻrik eksport qilingan. Bundan tashqari, Rossiyaga 902 tonna, Belarusga 478 tonna va boshqa davlatlarga 1 ming 550 tonna quritilgan oʻrik yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring