Oʻzbekistonlik tadbirkorlar 26 mln dollarga “shok” usulida muzlatilgan olcha eksport qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida yil boshida “meva – hudud – xorijiy davlat” tizimi asosida ishlar tashkil qilingani, shunga qaramay, vazirlik va idoralar, hokimlar haligacha eskicha yondashuv bilan ishlayotgani qayd etildi.
Oʻtgan yili meva-sabzavot eksportining 75 foizi may oktyabrga, yaʼni jahon bozori mahsulotga toʻyingan, narxlar arzonlashgan davrga toʻgʻri kelgan. Noyabr martda esa narx 2-3 barobar qimmat boʻladi.
Eksportga masʼullar oʻzi yangilik qilolmasa, tadbirkorlardan oʻrganishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi. Masalan, avval 1 kilogramm olcha 30 sentga ham sotilmagan. Ilgʻor eksportchilarimiz bu yil 9 ming tonna “shok” usulida muzlatilgan olchani 26 million dollarga eksport qilgan. Oʻzimizda olcha yetishmagani uchun import qilib, muzlatib, reeksport qilishni ham boshlashgan.
Shuning uchun ham dala chetida eksportbop mahsulotlar, xususan olchani koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Joriy yilda 2 ming 600 gektar dala chetiga ekilgan ekinlar suvsizlik sababli qurib qolgan. Jondor, Ohangaron, Gʻallaorol, Toʻraqoʻrgʻon va Yangibozor tumanlari dala chetida tomchilab sugʻorish boʻyicha yaxshi tajriba qildi. Viloyat hokimlariga ushbu tajriba asosida ekin qurib qolgan 2 ming 600 gektarda tomchilab sugʻorishni joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, meva-sabzavot zamonaviy qadoqda eksport qilinsa, koʻproq daromad olish mumkin. Bu yil hududlarda 16 ta zamonaviy qadoq ishlab chiqarish loyihasi ishga tushdi. Bu yoʻnalishdagi ishlarni kuchaytirish, yil yakunigacha yana 15 ta bunday korxonani ishga tushirish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring