Oʻzbekistonlik MMA ustasi navbatdagi jangidan soʻng vafot etdi (video)
Aralash jang sanʼati (MMA) ustasi 27 yoshli Bekzod Nurmatov (11-2, 7 KO) navbatdagi jangida ishtirok etganidan ikki kun oʻtib vafot etdi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Nurmatov shanba kuni Checheniston poytaxti Grozniyda boʻlib oʻtgan MMAning Absolute Championship Akhmat 100 (ACA) turnir doirasida ringga koʻtarilgan. Sportchi 3 raundlik jangda 36 yoshli rossiyalik Beslan Isayevga qarshi ringga chiqib, hakamlarning turfa xil qarorlari bilan ochkolar hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Jangdan soʻng Bekzod Nurmatov hushini yoʻqotgan va koma holatiga tushib qolgan. Shifokorlar unda insult (miyaga qon quyilishi) yuz berganini maʼlum qilgan. Ikki kunlik komadan soʻng dushanba kuni sportchi shifoxonada vafot etgan. Bugun uning jasadi Oʻzbekistonga olib kelinishi rejalashtirilgan.
Quyida Nurmatovning oʻlimiga sababchi boʻlgan soʻnggi jangi videosini tomosha qilishingiz mumkin:
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring