Oʻzbekistonga TOP-100 ga kiruvchi xorijiy oliygohlar hamkor qilib olib kelinadi

18:12 15 Yanvar 2026 Siyosat
591 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilda eksportni 40 milliard dollarga, investitsiyani 50 milliard dollarga yetkazish boʻyicha katta marralar olingan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida taʼkidlandi.

Buning uchun har bir elchi oʻzi faoliyat yuritayotgan hududning nisbiy ustunliklarini tahlil qilib, eksport, investitsiya, yangi texnologiya boʻyicha aniq maqsad va natijaga ishlashi shartligi qayd etildi.

Ayrim vazirlar va tarmoq rahbarlari chetdan grant jalb qilish boʻyicha bor imkoniyatlardan samarali foydalana olmayotgani qayd etildi. Ular elchilar yordamidan foydalanib, donor tashkilotlar bilan ishni toʻgʻri tashkil qilganida oʻtgan yili yana kamida 200-300 million dollar grant jalb qilish mumkin edi.

Xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlar har yili 200 milliard dollarlik xalqaro grantlar eʼlon qilyapti. Bu imkoniyatdan unumli foydalanish, grantlar bilan ishlash boʻyicha yangi tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.

Bundan tashqari, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Yaponiya va Singapurdagi elchilar bilan birgalikda TOP-100 ga kiruvchi xorijiy oliygohlarni Oʻzbekistondagi oliygohlarga hamkor qilib olib kelish boʻyicha aniq choralar koʻrish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?