Oʻzbekistondagi xalqaro yoʻllarning xavfsizlik talablariga mosligi oʻrganiladi
Illyustrativ foto
Prezident mutasaddilarga eng muammoli uchastkalarni aholi va jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida aniqlash maqsadida alohida elektron portalni ishga tushirishni topshirdi.
Tuman hokimlari, ichki ishlar rahbarlari ushbu portalga qayerga belgi, chiziq, piyoda yoʻlagi va svetofor kerakligi haqidagi maʼlumotni smeta bilan ochiq joylashtiradi.
Aholi ham ushbu roʻyxatni toʻldirishi, loyihalarga ovoz berishi mumkin boʻladi. Portalga qilingan ishlarning video va fotosuratlari qoʻyiladi, buni aholi baholaydi.
Jamgʻarma mablagʻini shakllantirishda barcha viloyat va tumanlarning imkoniyati bir xil emasligi koʻrsatib oʻtildi. Shu bois, jamgʻarmaga mablagʻlarni loyihalarni moliyalashtirish uchun viloyat va tumanlarga taqsimlash vakolati beriladi.
Ichki yoʻllarni tartibga olish uchun viloyat va tuman hokimlari masʼul boʻladi.
Respublika va xalqaro yoʻllarda 1 ming 200 dan ortiq qayrilib olish joyi boʻlsa, shundan faqatgina 146 tasida yer osti va yer ustidan qayrilib olish yoʻllari bor, 10 mingdan ziyod piyoda oʻtish joylarining atigi 154 tasi yer osti va usti orqali tashkil etilgan.
Shu bois 1-oktyabrga qadar Toshkent – Samarqand – Termiz, Toshkent – vodiy, Samarqand – Buxoro yoʻnalishidagi xalqaro yoʻllarning xavfsizlik talablariga mosligi oʻrganiladi.
Yil yakunigacha qancha yer osti va yer usti qayrilish hamda piyodalar oʻtish joylari, zamonaviy nur qaytaruvchi yoʻl belgilari va chiziqlari kerakligi boʻyicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqiladi.
Kelgusi yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan mablagʻ jalb qilish prognoziga bu maqsadlar uchun 200 million dollar kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring