Oʻzbekistondagi har uchta korxonadan bittasi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

2025-yilning 1-oktyabr holatiga respublikada faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 460,3 mingtani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mavjud korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 149 470 ta (32,5 foiz);
- sanoat sohasida – 57 799 ta (12,6 foiz);
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 33 223 ta (7,2 foiz);
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 29 325 ta (6,4 foiz);
- qurilish sohasida – 29 185 ta (6,3 foiz);
- tashish va saqlash sohasida – 16 816 ta (3,6 foiz);
- axborot va aloqa sohasida – 11 241 ta (2,4 foiz);
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 13 161 ta (2,9 foiz);
- boshqa sohalarda – 120 109 ta (26,1 foiz).
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mavjud korxonalarning 390,3 mingtasi yoki 84,8 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring