Oʻzbekistondagi 4 ta Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashiga qabul qilindi
Foto: Illustrativ foto
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) aʼzoligiga qabul qilindi.
Xalqaro maktablar kengashi aʼzosi boʻlish taʼlim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyatini oshiradi.
Xalqaro maktablar kengashi aʼzoligiga oʻtish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.
Ayni paytda 2021-yilda oʻz faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot aʼzoligiga oʻtish jarayonida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring