Oʻzbekistonda “Tommy Hilfiger” brendini soxtalashtirganlarga chora koʻrildi
Illyustrativ foto
“Tommy Hilfiger” brendini soxtalashtirib ishlab chiqargan korxonaga chora koʻrilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlar isteʼmolchilarni aldash, tezda boyib ketish maqsadida mashhur kompaniyalarning brendlaridan foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqaradi yoki ushbu mahsulotlarni har xil chegirmalar, aksiyalar va boshqacha koʻrinishlarda sotuvga chiqaradi.
Vazirlik tomonidan “Tommy Hilfiger Licensing B.V.” Niderlandiya kompaniyasining tovar belgisiga boʻlgan huquqlarini “P.B.” MCHJ buzayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat koʻrib chiqildi.
Tekshiruvlar natijasida, “P.B.” MCHJ tomonidan “Tommy Hilfiger” tovar belgisiga oʻxshash boʻlgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt trikotaj mahsulotlar sotuvga taklif etilayotganligi aniqlandi.
Vazirlik tomonidan “P.B.” MCHJga nisbatan tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi hamda kontrafakt kiyim-kechak mahsulotlaridan “Tommy Hilfiger” tovar belgilarini olib tashlash, buning imkoni boʻlmagan taqdirda, tegishli tovarlarni yoʻq qilish majburiyati yuklandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring