Oʻzbekistonda qishki transferlar oynasi ochildi
Bugun, 5-dekabr kuni Oʻzbekiston klublari uchun rasmiy ravishda qishki transferlar oynasi ochildi. Bugun ushbu oyna davomida klublarga berilgan imtiyozlar va cheklovlar haqida maʼlumotlarni koʻrib chiqamiz.
Oʻzbekistonda qishki transferlar oynasi 2025-yilning 5-dekabr sanasidan 2026-yilning 20-fevraliga qadar davom etadi.
“Oʻzbekiston Superliga va Pro liga“ reglamentining 11.4 bandida quyidagilar keltirilgan:
“Superliga klubi qishki transfer oynasida 10 nafar va yozgi transfer oynasida 5 nafar futbolchi, shuningdek, har ikki transfer oynasida bir nafar darvozabondan ortiq boʻlmagan yangi futbolchini roʻyxatdan oʻtkazishi uchun ruxsat etiladi.
Shu mavsumda Superliga qatnashchilari safiga qoʻshilgan klubga qishki transfer oynasida 15 nafargacha yangi futbolchini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ruxsat etiladi“.
Yaʼni, 2026-yil Superligaga qoʻshiladigan “Lokomotiv“ klubi qishda 15 ta yangi futbolchi bilan shartnoma imzolash huquqiga ega. Agar Nukusning “Aral“ jamoasi Superliga pley-offidan oʻta olsa, mazkur imtiyoz “Aral“ klubiga ham beriladi.
Ijara kelishuvlari – 11.5-band
Reglamentning 11.5 bandida ijara shartnomalari haqida gap boradi. Unga koʻra:
Superliga klublari boshqa jamoadan ijara asosida futbolchi olsa, bu ham amaldagi limit doirasida hisoblanadi.
Klub tomonidan boshqa jamoaga ijaraga berilgan va bu yil jamoaga qaytarib olingan futbolchilar esa yangi futbolchi sifatida qayd etilmaydi va ularning transferi amaldagi limitga kirmaydi.
Yosh futbolchilar boʻyicha imtiyozlar – 11.6-band
Ushbu reglamentning 11.6 bandida yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolash tartibi haqida soʻz boradi. Unga koʻra:
2004-yil va undan keyin tugʻilgan futbolchilar,
2003-yil va undan keyin tugʻilgan darvozabonlar bilan shartnoma imzolansa, bu transferlar limitdan tashqari hisoblanadi.
Legionerlar boʻyicha limit – 12-bob
Reglamentning 12 bandida legioner (xorijlik) sportchi va murabbiylar bilan shartnoma imzolash tartibi tushuntirilgan.
12.4-band:
Klublar mavsum uchun jami 6 ta legioner futbolchi bilan shartnoma imzolash huquqiga ega.
12.2-band:
Liga roʻyxatidan oʻtadigan legioner futbolchilarning toifalanishi keltirilgan:
“2006-yil va undan keyin tugʻilgan, soʻnggi ikki mavsum davomida oʻz mamlakati terma jamoasining rasmiy musobaqa doirasidagi oʻyinlarida kamida ikki marta maydonga tushgan futbolchi — birinchi toifadagi legioner hisoblanadi“.
Klublar birinchi toifadagi legionerlarni qishki transferlar limitidan ham, legioner limitidan ham tashqari roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.
Limitdan tashqari roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati
Oʻzbekistonda transfer oynasi 5-dekabr sanasida ochilgani sababli, klublarning 5-dekabrgacha Liga tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan futbolchilari limitdan tashqari hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, bu yil Superliganing 4 ta klubi jami 13 nafar futbolchini limitdan tashqari roʻyxatdan oʻtkazishga muvaffaq boʻldi.
Klublar va limitdan tashqari roʻyxatdan oʻtkazilgan futbolchilar bilan tanishing:
“Andijon“ klubi:
Rahimjon Davronov — (“Lokomotiv“)
Igor Golban — (“Nasaf“)
Ibrohim Yoʻldoshev — (OKMK)
Jamshid Boltaboyev — (“Navbahor“)
Humoyunmirzo Iminov — (“Xorazm“)
Imeda Ashortiya — (“Bunyodkor“)
Nemaniya Chalasan — (“Yelimay“, Qozogʻiston)
“Navbahor“ klubi:
Islom Mamadqozin — (“Andijon“)
Umar Adhamzoda — (“Paxtakor“)
Dilshod Komilov — (“Qizilqum“)
Diyor Holmatov — (“Paxtakor“)
“Bunyodkor“ klubi:
Bilolxon Toshmirzayev — (“Neftchi“)
“Neftchi“ klubi:
Izzatillo Poʻlatov — (“Buxoro“)
Muhammadamin Zuhriddinov,
“Xalq soʻzi“.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring