Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi oshdi
Respublikada nominal hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi koʻtarildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming soʻmga yetgan. Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming soʻm boʻlgan.
Qayd etilishicha, yarim yil mobaynida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 million soʻm), Navoiy (6,6 million soʻm), Toshkent (4,9 million soʻm), Andijon (4,4 million soʻm) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4,2 million soʻm) kuzatildi.
Olti oy davomida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Fargʻona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Oʻrtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
- Bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million soʻm;
- Axborot va aloqa — 12,4 million soʻm;
- Tashish va saqlash — 7,7 million soʻm;
- Sanoat — 6,2 million soʻm;
- Savdo — 5,9 million soʻm;
- Qurilish — 5,4 million soʻm;
- Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million soʻm;
- Taʼlim — 3,5 million soʻm;
- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 3,3 million soʻm.
Maʼlumot uchun, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga soʻnggi marta 2023-yil 1-dekabrdan oʻzgartirish kiritilgan boʻlib, 1 million 50 ming soʻmni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring