Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari narxi oshdi
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yanvar oyida isteʼmol sektori tovarlari va xizmatlari sohasida inflyatsiya 0,9 foizni tashkil etdi.
Maʼlumotlarga koʻra, isteʼmol narxlari indeksining yillik oʻsish surʼati 9,8 foizga yetdi. Shu bilan birga, 2022-yilning birinchi oyida narxlar va tariflarning oʻsishi boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yetakchi oʻrinlarni egalladi: oʻsish oʻrtacha 1,3 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, ushbu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,5 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,7 foizga oshdi.
Narxlarning eng katta oʻsishi oziq-ovqat mahsulotlarida qayd etildi. 2021-yil oxiriga nisbatan mevalar 3,1 foizga, sabzavotlar 5,8 foizga oshgan.
Goʻsht mahsulotlari 2022-yil yanvar oyida 0,4 foizga arzonlashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring