Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi hafta arzonlashdi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 19 fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 2 soʻm 95 tiyinga arzonlashib, 8392 soʻm 20 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 32 soʻm 72 tiyinga arzonlashib, 9477 soʻm 31 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 42 tiyinga arzonlashib, 126 soʻm 25 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 52 soʻm 49 tiyinga arzonlashib, 10 816 soʻm, 71 tiyinni tashkil qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada dollar kursi 2019 yilda birinchi marta arzonlashgandi. Oʻshanda kurs qiymati 6 soʻm, 38 tiyinga arzonlashgan.
Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring