Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda, deb xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.
Qoʻmita maʼlumotlarida qayd etilishicha, joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. Bu raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublikaning doimiy aholisi soni 2 foizga oshganini koʻrsatadi.
Keltirilishicha, Oʻzbekiston aholisi 2025-yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga koʻpaygan. Bu mamlakatda aholi soni (joriy yilda) har oyi oʻrtacha 51,5 ming kishiga, har kuni esa oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda degani.
Shundan:
- ayollar soni — 18 714,9 ming kishi;
- erkaklar soni — 18 982,9 ming kishi;
- shahar joylarda — 19 216,4 ming kishi;
- qishloq joylarda — 18 481,4 ming kishi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring