Oʻzbekistonda 6 oyda 5 mingdan ortiq fuqaro oilaviy zoʻravonlik uchun jazolandi

2025-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda 5 mingdan ortiq fuqaro oilaviy zoʻravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.
Uning aytishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) boʻyicha 4 952 nafar shaxs sud qaroriga binoan jazolangan.
Shundan:
— 3 200 nafari — jarimaga tortilgan;
— 1 752 nafari — maʼmuriy qamoqqa olingan.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) asosida ham 231 fuqaro sudlangan.
Ular orasida:
— 65 nafariga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan;
— 166 nafari ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu holatlar oilaviy muhitda zoʻravonlikka qarshi kurash doirasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar doirasida aniqlanib, qonuniy baho berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring