Oʻzbekistonda 11-aprel kuni havo harorati 30 darajaga koʻtariladi

05:06 11 Aprel 2023 Jamiyat
928 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” 11-aprel, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 17-19° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻlarda (2000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°iliq, kunduzi 6-11° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?