Oʻzbekiston va Qozogʻiston parlamentlari hamkorlikni izchil davom ettiradi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Ostona shahrida Qozogʻiston raisligida oʻtayotgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti yigʻilishi doirasida Qozogʻiston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida parlamentlararo aloqalarning mavjud holati va istiqbollari, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki davlat hududlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi.
Oliy Majlis Senati Raisi mintaqaviy formatda Oʻzbekiston va Qozogʻiston eng faol mamlakatlar ekani, ikki tomonlama hamkorlik surʼati parlament oʻlchamida, umuman, barcha sohalarda jadal oʻsib borayotganini taʼkidladi. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, mamlakatlarimiz hududlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta eʼtibor qaratish lozimligi, Oʻzbekiston-Qozogʻiston mintaqalararo forumi yakunlari boʻyicha qabul qilingan sarmoyaviy va savdo shartnomalarini amalga oshirishda parlamentlarning imkoniyatlaridan samarali foydalangan xolda birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan amalga oshirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Qozogʻiston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev Oʻzbekiston tashabbuskori boʻlgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti mintaqaviy hamkorlik uchun noyob platforma ekani, oʻzaro hamkorlikning barcha jabhalarini yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatli ekanini alohida qayd etdi.
— Biz mamlakatni rivojlantirishning barcha yoʻnalishlarini qamrab olgan, davlat siyosatining katta islohotchilik salohiyatini oʻzida mujassam etgan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi olqishlaymiz. Oʻzbekiston turli sohalarda erishayotgan yutuqlar mintaqa mamlakatlari uchun namuna. Xususan, biz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda sizning tajribangizni oʻrganyapmiz. Bu borada Oʻzbekistonning keng qamrovli amaliy tajribasi namuna sifatida olinib hozirda Qozogʻiston Parlamenti huzurida ham BRM boʻyicha komissiya tashkil etilganini mamnuniyat bilan bildirmoqchiman — dedi M.Ashimbayev.
Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi Yerlan Koshanov bilan boʻlib oʻtgan ikki tomonlama uchrashuvda esa mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishi, yaʼni muntazamlik kasb etib borayotgan parlamentlararo munosabatlarga toʻxtalib oʻtildi.
T. Narbayeva Oliy Majlis Parlamentlararo hamkorlik kengashi, shuningdek, Qozogʻiston parlamenti Majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlament guruhi faoliyatiga katta eʼtibor qaratilayotganini, oʻzaro aloqalarning ushbu mexanizmlari doirasidagi chora-tadbirlarni yanada faollashtirish lozimligini, bunda qonun ijodkorligi, gender va yoshlar siyosati sohasida oʻzaro tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
— Keyingi yillarda Oʻzbekiston izchil rivojlanmoqda, Qozogʻiston yaqin qardosh va qoʻshni sifatida mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlamoqda, — deydi, Y.Koshanov. — Ikki davlat oʻrtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlar bajarilishini monitoring qilishda Parlamentlararo hamkorlik kengashi bundan keyin ham faoliyat samaradorligiga eʼtibor qaratadi. Chunki Qozogʻiston-Oʻzbekiston hamkorligi koʻlami keng va boy, biz uning izchil rivojlanishidan manfaatdormiz.
Parlamentlar rahbarlari bilan kechgan uchrashuvlar yakunida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish amaliyotini davom ettirish, xalqaro parlament tuzilmalari, shuningdek, qator boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlat bir-birini oʻzaro qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish amaliyotini davom ettirish, shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalari, shuningdek, qator boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring