Oʻzbekiston va Latviya davlat auditi institutlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2025-yil 4-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Latviya Respublikasi Oliy audit organi rahbari Edgars Kochagins bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida davlat auditi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy audit yondashuvlarini tatbiq etish hamda axborotga asoslangan boshqaruv amaliyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Latviya Oliy audit organi oʻrtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi amaliy natijalar berayotganini, jumladan, qoʻshma oʻquv tadbirlari va tajriba almashish faollashganini taʼkidlandi. Shu bilan birga, Latviyada davlat auditi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi parlament bilan yaqin hamkorlikda ishlashi, muntazam hisobotlar taqdim etishi va tegishli qoʻmitalar majlislarida ishtirok etishi ham qayd etildi.
Edgars Kochagins Latviyaning zamonaviy audit amaliyoti haqida maʼlumot berar ekan mamlakatda asosiy eʼtibor samaradorlik va muvofiqlik auditlariga qaratilganligini hamda barqaror boshqaruv tizimi tufayli moliyaviy auditlarga ehtiyoj kamayganini aytib oʻtdi. Shuningdek, xususiy auditorlar va ichki audit boʻlimlarining davlat auditi tizimidagi ishtiroki alohida qayd etildi.
Latviyada davlat auditi tavsiyalaridan byudjet jarayonida foydalanish amaliyoti bilan oʻrtoqlashildi. Xususan, har yili byudjet daromadlarini oshirish yoki xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladigan tavsiyalar boʻyicha maxsus maʼlumot tayyorlanishi va uning hukumat hamda parlament tomonidan qarorlar qabul qilishda qoʻllanilishi taʼkidlandi.
Latviya tomoni Oʻzbekistonda strategik boshqaruv, monitoring va baholash tizimlarini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Data-based governance tamoyillariga oʻtish davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda muhim qadam ekani taʼkidlandi.
Muloqot davomida davlat dasturlari natijalarini tahlil qilish va axborot tizimlarini integratsiya qilish masalalari boʻyicha ham hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha samaradorlik auditlari, xatarlarni baholash va ichki auditorlar bilan hamkorlik amaliyoti boʻyicha oʻzaro tajriba almashishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring