Oʻzbekiston terma jamoasi Oʻmon bilan durang oʻynadi
Kecha, 30-avgust kuni Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan “CAFA National Cup” musobaqasining “A” guruhi bahslari start oldi.
Dastlabki bahs poytaxtimizdagi “JAR” stadionida tashkil etilib, unda Qirgʻiz Respublikasi va Turkmaniston terma jamoalari kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Qirgʻizlarning goliga Joel Kojo mualliflik qilgan boʻlsa, Turkmaniston terma jamoasidan Vepa Jumayev oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
Guruhdagi ikkinchi oʻyin esa Olimpiya shaharchasida joylashgan yangi stadionda boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston va Oʻmon Sultonligi terma jamoalari oʻzaro toʻqnash keldi.
Bu bahs ham 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Mehmonlar tomonidan kiritilgan gol Nasir Al-Ravahiy hisobiga yozilgan boʻlsa, Oʻzbekiston terma jamoasining yagona goliga Xojimat Erkinov mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi oʻyinini 2-sentyabr kuni Turkmaniston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring