Oʻzbekiston Prezidenti sentyabrda Tojikistonga tashrif buyuradi

11:42 28 Avgust 2018 Siyosat
1984 0
Arxiv foto

Oʻzbekiston Prezideti Shavkat Mirziyoyev 27-28 sentyabr kunlari Tojikistonga ishchi tashrif bilan boradi. Prezidentimiz MDH davlat rahbarlarining Dushanbeda boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Bu haqda “Aziya-Plyus” manbasi xabar berdi.

Oʻzbekiston rahbari sammitda ishtirok etish bilan birgalikda qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Maʼlumot uchun, 2017 yil Sochida boʻlib oʻtgan sammitda MDHga raislik qilish vakolati Rossiyadan Tojikistonga oʻtgandi.

Dushanbe sammitida 2019-2023 yillarda jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish boʻyicha davlatlararo dastur, axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish boʻyicha kelishuv imzolanishi kutilayapti.

Ushbu yigʻilishda MDHga raislik qilish vakolati Tojikistonda Turkmanistonga oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Moldova prezidenti Igor Dodon 2020 yilda MDH raisligini qabul qilish istagida ekanligini bildirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?