Oʻzbekiston Prezidenti Pokiston hukumatiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida yuz bergan kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifga taʼziya yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzid Asadov xabar berdi.
Davlat rahbari marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tilagan.
Janubiy Osiyoda kuchli musson yomgʻirlari va yer koʻchkilari
Soʻnggi bir yarim oyda Pokiston shimoli va mamlakat nazoratidagi Kashmir hududi boʻylab musson yomgʻirlari keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida kamida 307 kishi halok boʻldi. “Al Jazeera” nashrida xabar berilishicha, raqamlar bundan ham koʻp — 330 nafarga yetgan.
Manbaga koʻra, eng koʻp talafotlar mamlakat shimoli-gʻarbidagi togʻli Xayber Paxtunxva provinsiyasida qayd etilgan (307 kishi). Gilgit-Baltiston hududida 12 kishi, Azad-Kashmir hududida esa 11 kishi vafot etgan.
Qutqaruv guruhlari togʻli hududlarda qolib ketgan 1,3 ming nafar turistni evakuatsiya qilgan. Shuningdek, vayron boʻlgan binolar ostidan jasadlar chiqarib olinmoqda. Pokiston meteorologiya xizmati mamlakat shimoli-gʻarbiy qismida 21-avgustgacha kuchli yomgʻirlar davom etishini maʼlum qilgan.
Aytish joiz, Janubiy Osiyo, xususan, Pokistonda har yili iyul-sentyabr oylari davomida kuzatiladigan musson mavsumida roʻy beradigan toshqinlar va koʻchkilar yuzlab odamlarning hayotiga zomin boʻladi va katta moddiy zarar keltiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring