Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatimizda FIFAning yirik tadbirlarini oʻtkazishni taklif etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5-may kuni oʻtkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.
Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, isteʼdodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Janni Infantino Oʻzbekiston yetakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida gʻalaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdigʻi ekanini taʼkidladi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA oʻrtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbol klasterini tashkil etish choralari koʻrilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assotsiatsiyamiz salohiyatini oshirishga texnik koʻmakni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring