O‘zbekiston Prezidenti Malayziyaga keldi
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.
Prezidentimiz aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Parlamentlar doirasida faol hamkorlik va almashinuvlarni davom ettirish, o‘zaro tashriflar va do‘stlik guruhlari tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi masalalarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muhim investitsiyaviy, infratuzilmaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif dasturining asosiy tadbirlari ertaga, 5-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri oliy darajada muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.




































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring