Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Standard Chartered", "International Hospitals Group", "LVMH", "Airbus" kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko‘paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta’kidladi.
Yevropa mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar soni va investitsiyalar portfeli ko‘payib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm almashinuvlari yo‘lga qo‘yilgan.
"Standard Chartered" kompaniyasi rahbari Saif Malik bilan kichik biznes va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, O‘zbekiston banklari tomonidan yangi kredit liniyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
“International Hospitals Group” boshqaruvi raisi Chester King bilan klinika qurish rejalari, shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent-sitida “LVMH” flagman do‘konini ochishni tezlashtirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi ipak va tabiiy xomashyo ishlab chiqaruvchilarni kompaniyaning ta’minot zanjiriga kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Airbus” kompaniyasining Yevropadagi prezidenti Yoxan Pelise bilan suhbatda aviatsiya sohasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Uzoq muddatli Hamkorlik dasturini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.
Yevropa kompaniyalari rahbarlari O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul va mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida muhim loyiha va dasturlarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring