Oʻzbekiston Prezidenti YTTB prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davosdagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ushbu yetakchi moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi barqaror strategik tusga ega. Oʻzbekiston YTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori boʻlib qolmoqda. Bankning investitsiyalari hajmi qariyb 7 milliard dollarga yetdi.
2025-yilda amaliyotlar, shu jumladan, xususiy sektorga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning hajmi 1 milliard dollardan oshdi.
YTTBning “yashil” energiyani rivojlantirish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik dasturlarni amalga oshirish, moliya bozorini isloh qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi yuqori baholandi.
Joriy yil uchun hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, xususiy sektor va infratuzilmani rivojlantirish, temir yoʻl transportini raqamli transformatsiya qilish hamda boshqa masalalar belgilab olindi.
Ayollar va yoshlarni zamonaviy kasblar va biznesga oʻqitish boʻyicha dasturlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring