Oʻzbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlandi(mi?)

00:07 16 Aprel 2023 Iqtisodiyot
1105 0

Foto: Illustrativ surat

Bugun Telegram tarmogʻidagi bir nechta yangiliklar kanalida “Ogoh boʻling: Oʻzbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlandi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Qozogʻiston telekanalining “24KZ” telekanali orqali namoyish etilgan lavha asos boʻldi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan aniqlangan dastlabki natijalariga koʻra Qozogʻiston tomoni Oʻzbekistondan import boʻlgan pomidor mahsulotlarida pomidor jigarrang virusi (Tomato brown rugose fruit virus) va boshqa karantin kasalliklar aniqlanganligi yuzasidan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagan va eʼtiroznoma (notifikatsiya) joʻnatmagan.

Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston va Qozogʻiston karantin xizmatlari oʻrtasida tezkor ravishda muzokara olib borilib, ushbu tarqalgan xabarga izoh bergan fitosanitariya xizmatining Qozogʻistonning Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari I.Begasilov pomidor jigarrang virusi aniqlanish holati yuzasidan import boʻlgan 43 tonna pomidor mahsulotida aynan Oʻzbekistondan yuklangan mahsulotida xavfli virus qayd etilmaganini telefon muloqotida tasdiqladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?