Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi – Bryusselda
Kuni kecha Bryusselda “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qoʻmitasining 15-yigʻilishi boshlandi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Delegatsiya rahbari A.Saidov Yevropa ommaviy axborot vositalari va madaniy-gumanitar sohalar vakillari ishtirokidagi matbuot tadbirlari doirasida Belgiyaning “Modern Education & Research Institute” (MERI) taʼlim instituti direktori Ye.Saranok bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi va oliy taʼlim ravnaqiga alohida ustuvor ahamiyat qaratilayotgani taʼkidlandi. Ayni vaqtda mamlakatda 142 ta oliy oʻquv yurti mavjud boʻlib, ular orasida nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari koʻpchilikni tashkil etadi.
Oʻz navbatida, Ye.Saranok Bryusselda joylashgan MERI taʼlim institutiga 2016-yilda oliy taʼlim sohasida faoliyat yuritadigan notijorat tashkilot sifatida asos solinganini maʼlum qildi. Mazkur institut taʼlimni baynalmilallashtirishga koʻmaklashish hamda oliy taʼlim tizimiga global miqyosdagi zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida oʻqituvchilar va universitetlar maʼmuriyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
MERI taʼlim institutida muntazam ravishda xalqaro ilmiy konferensiyalar, malaka oshirish dasturlari, taʼlimning innovatsion usullarini tatbiq etish boʻyicha treninglar oʻtkaziladi. Bu yerda, monografiya va ilmiy tadqiqotlar taqdimotlari uchun ham keng shart-sharoit yaratilgan.
Muloqot chogʻida oʻzaro hamkorlikning salohiyatli yoʻnalishlari muhokama qilindi. MERI taʼlim instituti direktori oʻzbek olimlarini, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti huquqshunos mutaxassislarini Lyoven katolik universitetida tajriba (stajarovka) oʻtash hamda ushbu oliy taʼlim muassasasi huzuridagi Yevropa huquqi markazi faoliyatini oʻrganish uchun taklif etishga yordamlashgani tayyor ekanini bildirdi.
Bundan tashqari, Ye.Saranok oʻzi rahbarlik qilayotgan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni kengaytirishga shayligini qayd etdi. Bu oʻrinda turli sohalar boʻyicha saboq beradigan oʻqituvchilar malakasini oshirish va oliy oʻquv yurtlarining xalqaro koʻlamdagi faolligini kuchaytirish masalalari haqida soʻz bormoqda.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan muayyan kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring