Oʻzbekiston Orolni tiklash uchun xalqaro loyihalarni amalga oshirmoqda — “Euronews”

12:59 08 Sentyabr 2023 Jamiyat
2461 0

“Euronews” telekanali Moʻynoq tumani va Orol dengizi haqida reportaj tayyorladi.

Reportajda Orol dengizining yoʻq boʻlib ketishi haqida soʻz yuritilgan. Orolning qurishiga insoniyat tomonidan amalga oshirilgan eng ulkan ekologik ofat deb tarif berilgan.

Shuningdek, reportajda Oʻzbekiston qator xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Orolni qayta tiklash uchun bir qancha loyihalarni amalga oshirayotganligi haqida soʻz borgan.

Qolaversa, dengizning qurigan tubida saksovul ekish, bugungi Moʻynoq shahri va “My garden in the Aral sea” loyihasiga ham toʻxtalib oʻtilgan.

Bundan tashqari, reportajda kelajakda Moʻynoq tumanida “USAID” xalqaro tashkiloti yordamida 3 ta meteostansiya ishga tushirilishi taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер