Oʻzbekiston ogʻir kunlarda hamisha ishonchli doʻst boʻlgan
O'zA
Avvalo kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan Oʻzbekiston hukumatini, mehribon va doʻst oʻzbek xalqini tabriklaymiz. Hayot quvonchli va qaygʻuli kunlardan iborat. Koronavirusning jahon boʻylab tarqalishi ham dunyo xalqlari uchun katta sinov. Bu boʻhronli kunlarda bir-birimizga hamdard, yelkadosh boʻlishimiz kerak.
Mamlakatlarimiz madaniyatida umumiy tushuncha bor: haqiqiy doʻst boshga ogʻir kun tushganda, gʻamu shodliklarda birga boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi ozarbayjonliklar boshiga ana shunday ogʻir damlar kelgan paytda birinchilardan boʻlib insonparvarlik yordamini joʻnatganidan juda xursandmiz. Bu saxovatli koʻmak Navroʻz bayrami ostonasida butun eronliklar qalbida unutilmas kun boʻlib qoladi.
Eron Islom Respublikasi hukumati va xalqimiz nomidan Oʻzbekiston hukumati va doʻst, birodar xalqiga, ayniqsa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga koʻrsatilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildiramiz.
Umid qilamizki, butun jahon ahli koronavirusni birgalikda yengib oʻtadi.
Hamid NAYERABADI,
Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi
Favqulodda va muxtor elchisi
Manba: OʻzA
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring