Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi jiddiy jarohat oldi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Istiqlol Tehron” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipovning jarohati jiddiy boʻlib chiqdi. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.
Masharipov jamoasining Turkiyadagi yigʻini vaqtida tizzasidan jarohat olgandi. Jamoa shifokorlari dastlabki tekshiruvdan soʻng, uning tizza toʻr pufagi yorilganini maʼlum qilishdi. Ammo futbolchi oʻzini yaxshi his qilayotganini va tizzasida bunday jarohat yoʻqligini aytdi.
Shundan soʻng, klub uni tinchlantirish maqsadida boshqa joyda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazdi va bu gal endi Jaloliddinning jarohati jiddiy ekani maʼlum boʻldi.
Yuzaga kelgan holat tufayli Masharipov mavsumning birinchi qismini oʻtkazib yuborishi kutilmoqda. Klub uni roʻyxatdan chiqarib yubormoqchi.
Maʼlumot uchun, 2024-yilning fevralida “Istiqlol Tehron” bilan shartnoma imzolagan Masharipov shu vaqtga qadar jamoa safida 50 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring