Oʻzbekiston terma jamoasi Dubaydagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Dubayda boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida xalqaro turnir tashkil etiladi. Ushbu musobaqada Oʻzbekistondan tashqari Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi.
Qurʼa natijasiga koʻra, Fabio Kannavaro shogirdlari birinchi oʻyinni 14-noyabr sanasida Misr terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Ushbu oʻyinda gʻalaba qozongan jamoa 18-noyabr kuni turnirning finalida Eron va Kabo-Verde juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi. Magʻlub boʻlgan jamoa esa 17-noyabr kuni mos ravishda turnirning 3-oʻrini uchun bellashuvda ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring