Oʻzbekiston Kuvaytni yenggan oʻyindan fotoreportaj

10:33 10 Oktyabr 2025 Jamiyat
136 0

Foto: Akmal Muhammadov

Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida 9-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston terma jamoasi Fabio Kannavaro boshchiligida ilk sinovini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Terma jamoamiz Kuvayt ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, yangi bosh murabbiy davrini chiroyli gʻalaba bilan boshladi.

Oʻyindagi hisob 10-daqiqada ochildi. Oradan 9 daqiqa oʻtib, Otabek Shukurovning pasidan soʻng Hojimat Erkinov individual mahoratini namoyon etib, hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Ikkinchi boʻlimda ham Oʻzbekiston ustunlikni saqlab qoldi. Eldor Shomurodov va Erkinov bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirdi, biroq hisob oʻzgarmadi. Shukurov penaltini amalga oshira olmagan boʻlsada, umumiy oʻyin jamoaning yangi ruhini va intizomini namoyon etdi.

Quyida “Xalq soʻzi” fotomuxbiri Akmal Muhammadov tomonidan olingan “Olimpiya” stadionidagi uchrashuvdan eng yorqin lahzalarni tomosha qiling!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер