Oʻzbekiston xalq artisti Toʻti Yusupova vafot etdi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston xalq artisti Toʻti Yusupova vafot etdi. Bu haqda Oʻzbek milliy akademik drama teatri xabar berdi.
Toʻti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957-yildan oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Shuningdek, aktrisa oʻzbek kinosida ham samarali faoliyat yuritgan.
Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, “Shohi soʻzana”), Sonya (A.Chexov, “Vanya togʻa”), Qorasoch (Uygʻun, “Shubha”), Hojar (A.Qahhor, “Tobutdan tovush”), Nuri (Oybek, “Qutlugʻ qon”), Ona (Eʻ Robles, “Oʻlimdan kuchli”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Shafaq (M. Karim, “Oy tutilgan tunda”), Rahima (Oʻ. Umarbekov, “Komissiya”), Sotti (S.Ahmad, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”), Fotima, Zebi (Oʻ.Umarbekov, “Shoshma quyosh”, “Qiyomat qarz”), Nodira (T.Toʻla, “Nodira”), Mastura (Hamza, “Paranji sirlari”) kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.
Toʻti Yusupova 1994-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring