“Oʻzbekiston – Kanada” birinchi parlamentlararo forumi mamlakatimizda oʻtkaziladi
Joriy yilning 26-yanvar kuni Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Kanada Jamoatlar palatasidagi “Kanada-Oʻzbekiston” doʻstlik guruhi raisi Ziyad Abuoltaif bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Kanada oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha tomonlarning qatʼiy oʻzaro manfaatdorligi qayd etildi.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining 2025-yil 26–27-noyabr kunlari Kanadaga tashrifi hamda Kanada parlamentida Oʻzbekiston kunining muvaffaqiyatli oʻtkazilgani yuqori baholandi.
“Oʻzbekiston — Kanada” birinchi parlamentlararo forumini 2026-yilda Samarqand shahrida oʻtkazish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Kanada delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida savdo-investitsiyaviy hamkorlik, jumladan muhim minerallar, qishloq xoʻjaligi, toza energetika, taʼlim va innovatsiyalar sohalarida qoʻshma “Oʻzbekiston — Kanada” biznes forumini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston va Kanada oʻrtasidagi parlamentlararo muloqotni rivojlantirish yoʻlida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring