Oʻzbekiston global magniy sanoatining gigantlari safida

09:05 28 Avgust 2025 Iqtisodiyot
43 0

Global iqtisodiyotda magniy tobora muhim resursga aylanmoqda. Elektromobillar, aerokosmik sanoat va energiya texnologiyalarida yengil va mustahkam materiallarga boʻlgan talab ortib borar ekani magniyni “kelajak metali” maqomiga olib chiqdi.

Shu jarayonda Oʻzbekiston Texnologik metallar kombinati (TMK) dunyoning eng nufuzli sanoat tuzilmalaridan biri – **Xalqaro magniy assotsiatsiyasi (IMA)**ga aʼzo boʻldi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur aʼzolik Oʻzbekiston sanoati uchun uch yoʻnalishdagi yangi transformatsiyani anglatadi:

Texnologik daraja – magniyni ajratib olish va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishda ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish.

Ilmiy va intellektual daraja – global ekspertlar, laboratoriyalar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma tadqiqotlar olib borish.

Geoiqtisodiy daraja – Oʻzbekistonni magniy boʻyicha global taʼminot zanjiriga ulash va eksport geografiyasini kengaytirish.

TMKning Xalqaro magniy assotsiatsiyasiga qoʻshilishi Oʻzbekistonning barqaror sanoat rivojlanishi yoʻlidagi navbatdagi qadamdir. Chunki magniy qayta ishlanishi mumkin boʻlgan ekologik toza materiallardan biri hisoblanadi.

Kombinat bugun resurslardan tayyor mahsulotlargacha boʻlgan qiymat zanjirini toʻliq qamrab olgan holda, mamlakatning yangi sanoat konsepsiyasini amalda namoyon etmoqda.

Maʼlumot uchun: Xalqaro magniy assotsiatsiyasi magniy sohasida bilim, innovatsiya va siyosat chorrahasidagi yirik platforma boʻlib, uning tarkibida 75 dan ortiq kompaniyalar, ilmiy markazlar va sanoat yetakchilari birlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер