Oʻzbekiston Fransiyadan 14 ta yangi “Airbus” samolyotini xarid qiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishida xorijiy turistlar sonini oshirish masalasi koʻrib chiqilar ekan, “BBC”, “Euronews” kabi nufuzli platformalarda, yana 20 dan ortiq xalqaro koʻrgazmalarda turizm keng targʻibot qilinayotgani taʼkidlandi.
Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targʻibot ishlarini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo boʻldi.
Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy “Airbus” samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, “Boeing” kompaniyasi bilan 12 ta samolyot olib kelish boʻyicha muzokara boshlandi.
Mutasaddi vazirlik va idoralarga bu imkoniyatdan unumli foydalanib, qayerga nechta reys qoʻyish va qancha sayyoh olib kelishni hozirdan hisob-kitob qilish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring