Oʻzbekiston 11 ta davlatga qovun eksport qilgan

16:25 30 Iyul 2023 Iqtisodiyot
551 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 11 ta davlatga qiymati 16,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan.

Qovun eksporti hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 16,8 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning 6 oyida eng koʻp qovun eksport qilgan davlatlar:

— Qozogʻiston – 35,7 ming tonna

— Rossiya – 29,3 ming tonna

— Qirgʻiz R. – 12,6 ming tonna

— Belarus – 1,3 ming tonna

— Tojikiston – 664 tonna

— Mongoliya – 143 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?