Oʻzbek libosi hammaga yarashadi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Axborot va matbuot departamenti boshligʻi Mariya Zaxarova soʻnggi kunlarda MDH matbuotida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.
Gap shundaki, vazirlik vakili “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida oʻzbekona libos kiygan suratini joylashtirdi.
Mariya Zaxarova surat tagiga quyidagicha izoh qoldirdi: “Xalq amaliy sanʼatini juda ham yaxshi koʻraman. U milliy madaniyatning oʻziga xosligini saqlab qolgan holda barchani bir-biriga yaqinlashtiradi, insonlarning atrofimizdagi olamni tarixan anglashlarida umumiy jihatlar borligini ifodalaydi. Kutib oling, sof oʻzbekona kashtalar”.
Shunisi eʼtiborga molikki, RF Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining surati foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olinib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring